Yoshlar haqida 5 fakt

Bugun Yoshlar kuni.

1. Har yili 12 avgustda Xalqaro yoshlar kuni butun dunyoda bayram qilinadi. Iyun oyida esa O‘zbekiston, Rossiya, Belarus`, Ukraina va Janubiy Osetiyada Yoshlar kuni nishonlanadi.

2. Dunyo aholisining qariyb 20 foizini yoshlar tashkil qiladi. O‘zbekistonda esa bu ko’rsatkich 60 foizdan oshadi. Hozirda sayyoramizda 15 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan yoshlar 1,8 milliarddan iborat. Yer yuzida hali buncha yoshlar bo‘lmagan.

3. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, yoshlar ishsizlik va qashshoqlik muammosi bilan to‘qnash kelmoqda, ya’ni bugungi kunda ishsizlarning aksariyati yoshlardir.

4. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, yoshlar orasidagi keng tarqalgan kasalliklar bo‘yicha depressiya 3-o‘rinda turadi. Maykrosoft tadqiqotlariga ko‘ra esa yoshlar 8 soniyadan so‘ng biron nimaga chalg‘ishadi.

5.»Yoshlar» tushunchasi (BMT uchun 15-24 yoshlilar) kо‘pchilik davlatlarda bir-biridan farq qiladi. Masalan, Nigeriyada 35 yosh bo‘lsangiz ham, yosh inson hisoblanasiz, ammo 18 yoshdan kichik bo‘lsangiz, bola hisoblanasiz. O‘zbekistonda esa 14-30 yoshlilar yoshlar hisoblanadi.

Qo‘shimcha fakt: bugun O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: