Yoshlar “Oqtepa” ni lavashxona deb biladi…

yoxud O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Ahmadali Asqarovning fikrlariga munosabat

Darhaqiqat, bugungi kunda yosh avlod Oqtepa deganda “lavashxona”, “burger” yoki nari borsa, qaysidir mahallanigina tushunadi. Bu so‘z aslida qayerdan kelib chiqqan, tub mohiyati nima degan savolga esa javob berisholmaydi.

Xo‘sh, “Oqtepa”ning yoshlarda shun­day tasavvur uyg‘otishiga lavashxona ochgan tadbirkor aybdormi? Yo‘q! Bu bir kishining emas, butun jamiyatning aybi … Chunki turfa tepalig-u do‘nglikda yastangan “Oqtepa” yodgorligiga qadimgoh sifatida emas, oddiy nigoh bilan qaraymiz. Ular bizning tasavvurimizda jo‘n oddiy bir tepalik. Hatto u yerga axlat otishdan ham qaytmaymiz.

Haqiqatan ham, bizni bugun osmono‘par binolari bor rango-rang yaltiroqlarga burkangan “siti”lar hayratga solayotir … Aslini unutmagan inson o‘z e’tiqodidan voz kechmagani kabi minglab yangi binolar barpo etilsa-da, uning milliyligini aks ettiruvchi osori atiqalarni ko‘z qorachig‘idek asrab-­avaylaydi. Kelgusi avlodlarga o‘z holicha yetib borishiga hissa qo‘shadi. Hech birimiz tilimizni burro qilib madaniy yodgorliklarimizni asrab-avaylash kerakligi haqida churq etmaymiz. Chunki milliy g‘urur, o‘z Vatanimizga bo‘lgan muhabbatimiz sust. Agar biz “mudroq” bo‘lmaganimizda shu holatgacha yetib kelmasmidik balki …

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarda turizmni rivojlantirish hayotiy zaruriyat ekanligiga bot-bot urg‘u berilmoqda. Albatta, biz turizm sohasini rivojlantirishda qaysidir mamlakatning olifta shaharlariga vobastalik qilib emas, balki mana shunday madaniy yodgorliklarimizni ko‘zni quvnatadigan darajada qayta tiklashga ahamiyat qaratmog‘imiz lozim. Nima uchun O‘zRFA akademigi Ahmadali Asqarov bu muammoni ro‘yi rost omma oldiga olib chiqmaguncha hech birimizning xayolimizga kelmadi, e’tibor qaratmadik… Yuqorida ta’kidlanganidek, g‘urursizligimiz, o‘zgalarga ko‘r-ko‘rona ergashayotganligimiz bizni shu ko‘yga soldi … hali ham kech emas … Millat qiyofasini saqlab qolish — qo‘limizda!

Mehriniso BOBONAZAROVA, jurnalist

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: