Yulduz Usmonova haqida 5 fakt

1. Yulduz Usmonovaning «Seni osmonimga olib ketaman» qo‘shig‘i boshidan o‘tkazgan kunlari asosida telefonda Muhammad Yusuf bilan birga yozilgan.

2. U avvallari qo‘shiqchilarning reklamalarda ishtirok etishini qoralar, pullaring kamayib qoldimi, deb tanqid qilardi. 2018 yili esa o‘zi ham reklama roligida qatnashdi. O‘shanda puli kamaygan bo‘lsa, kerak-da.

3. Yulduz Usmonova bir vaqtning o‘zida uchta mamlakatning — O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmanistonning xalq artisti, Qozog‘istonda esa xizmat ko‘rsatgan artist unvoniga sazovor bo‘lgan. 2019 yili Tojikistonda xonandaning o‘zi ham bilmagan kontsert dasturi namoyish qilingan.

4. Yulduz Usmonovaning 2013 yil yozilgan «Gulisan» qo‘shig‘i Gulnora Karimovaga atalgan buyurtma qo‘shiq hisoblanadi. Xonanda 2006 yilda vatandan chiqib ketgan.

5. G‘alati odati ham bor: xohlagan vaqtda, xohlagan gapini gapirishi, xohlagan shaxsini yoki butun bir tizimni ham loyga botirishi mumkin. Bir kun o‘tib, hech narsa bo‘lmagandek, yana kechirim ham so‘rab qo‘yaveradi.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: