Yulduz Usmonova: «Tatuirovkani axmoqgarchilik paytida qilgan ekanman»

Yulduz Usmonova, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti:

Bu tatuirovka, nakleyka emas. Gollandiyada yashab yurganimda bu tatuirovkani qildirgandim. Haligacha oldirib tashlolmadim. Tatuirovka qilmoqchi bo‘lganlar bunaqa qilmanglar. Bu juda yomon, yaramas narsa ekan. Har oy it azobida lazerga borib kelaman. Qayerga borsam, shu haqda so‘rayapman, afsuski, hozircha bundan qutulish uchun shu lazerdan boshqa hech narsa chiqmabdi.

Yo‘lbarsning ham yarmi ketib, xiralashib turibdi. Bu narsa xato. O‘sha paytlarda yonimda hech kimim yo‘q edi-yu, to baxtimni topgunimcha nechta turmushga chiqdim. Necha qoqilib, necha marta turdim. Oldinga qarab intilaverdim. Shu tatuirovkani ham axmoqgarchilik paytida qilgan ekanman. Tatuirovka qilmoqchi bo‘lganlar, shuni qilmanglar, bu axmoqgarchilik.

Men qilgan xatom ibrat bo‘la olsa, shu ishni qilmanglar. Boshingda turadigan katta bo‘lmasa ham qiyin ekan. Allohga shukr, shu kunlargacha omon-eson yetib keldim.

Fikr bildirish