Yurtimizga 900 nafar bangladeshlik migrantlar kelishidan Mehnat vazirligining xabari yo‘qmi?..

Ishchi kuchi oshib-toshib yotgan, hatto Rossiya, Qozog‘iston, Janubiy Koreya kabi davlatlar mehnat bozori talabini qondirib kelayotgan yurtimizga 900 nafar bangladeshlik migrantlar kelishidan Mehnat vazirligining xabari yo‘qmi?..

Avvalroq, Bangladeshlik 900 nafar muhojir ishlash uchun O‘zbekistonga kelayotgani xabar qilingan edi. Aytishlaricha, hatto ularning 239 nafari allaqachon respublika xududiga kirib kelgan.

Mehnat vazirligining xabariga ko‘ra, ichki mehnat bozorini himoya qilish hamda fuqarolarining mehnat qilish huquqini ta’minlash maqsadida, ish beruvchi chet el fuqarosiga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomani olish maqsadida Tashqi mehnat migratsiya agentligiga murojaat qilish lozim.

Lekin shu kungacha “O‘zbekneftegaz” AJ, “Uzbekistan GTL” yoki loyiha bosh pudratchisi, “ENTER Engineering Pte. Ltd.” kompaniyasi mazkur tasdiqnomani olish uchun murojaat qilmagan.

P.S. Juda kulguli javob! Nahotki, Mehnat vazirligining bangladeshlik migrantlar kelishidan, bunga qarshi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Nodir Tillavoldiyev va Doniyor G‘aniyev murojaat qilganidan xabari bo‘lmasa?

O‘z sohasiga, vakolatiga dahldor shunday muhim masalalardan bexabar vazirlikka ehtiyoj bormikan o‘zi?

Nahotki, parlament, deputatlar faqat murojaat bilan cheklanishadi? Bunday vazirlik yoki javobga nisbatan o‘z vakolati doirasida parlament yoki deputatlik so‘rovini yuborib, eshituv tashkil etishsa bo‘lmasmikan?

Axir xorijiy davlatlar parlamentlari bunday masalalarda tezkor parlament yoki qo‘mita eshituvini tashkil etib, masalaga oydinlik kiritadi, muammoni hal etadi-ku! Bizning parlamentga nima halaqit beradi?

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: