Zulfiqor Musoqov: «Toshkentda 143 ta to‘yxona va bor yo‘g‘i 4 ta kinoteatr bor»


O‘zbekiston san’at arbobi, taniqli rejissyor Zulfiqor Musoqov kino sohasining bugungi kuni haqida Telegramdagi “Kinoijodkorlar” guruhida shunday izoh qoldirgan:

“Bugun men hayratlanarli raqamlarga duch keldim. Toshkentda 143 ta dabdabali to‘yxona va bor yo‘g‘i 4 ta kinoteatr bor ekan. Viloyatlardagi ahvol bundan-da ayanchli. 287 ming aholi yashaydigan Germaniyaning Visbaden shahrida esa o‘nlab kinoteatrlar bor.

Z.Musoqovning mazkur posti “Facebook” ijtimoiy tarmog‘ida ham qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. “Kinolarimiz “odnorazoviy” bo‘lib qolgan. Bu kinoni pulga bog‘lab qo‘yishning oqibati, deb yozadi “Facebook” foydalanuvchilaridan biri Ra’no Igamberdieva.

“Biletning qimmatligi vaziyatni yanada og‘irlashtiryapti. Masalan, Alisher Navoiy kinosaroyida qo‘yilayotgan aksariyat kinolarning bilet narxi 15 000 so‘mdan boshlanadi. Oilaviy 4 kishi bo‘lib borilsa, 60 000 so‘m sarflashga to‘g‘ri keladi. Afsuski, odamlar bu pulga ro‘zg‘ori uchun 1 kilogram go‘sht sotib olishni afzal bilishmoqda, deb izoh qoldirgan ijtimoiy tarmoqning yana bir foydalanuvchisi Shahnoza Djamilova.

Odamlarning kundalik ehtiyoji, hayot tashvishlari ko‘pchilikni haqiqiy san’atdan, adabiyotdan, kinodan uzoqlashtirdi. Bu kun kelib bizga qimmatga tushmasa bo’ldi.

Farzona Xamroyeva

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: